Rus generalining o‘limi. Hibsdagi o‘zbek haqida nima ma’lum?

Ozodlik Radiosi

20-12-2024

1 129 965 просмотров

7 058 Добавить к себе Еще

Кадры из видео

Москвада рус генерали ўлимига сабаб бўлган терактни уюштиришда айбланаётган тошкентлик 29 яшар Аҳмаджон Қурбоновнинг оиласи Ўзбекистон ҳуқуқ-тартибот идоралари назорати остида қолмоқда.
Аҳмаджон Қурбонов, яқинларининг сўзларига кўра, 2021 йилда Туркияга пул топиш учун кетган. Сўнгги бор онасига Россиядаги портлашдан 2 кун аввал қўнғироқ қилиб, ўзининг соғ-саломатлиги, Россияда ошпазлик қилаётганини айтган.
Радиация, кимёвий ва биологик қуроллардан мудофаа қўшинлари бошлиғи Игорь Кириллов ва унинг ёрдамчиси Илья Поликарпов 17 декабр куни эрталаб Москванинг Рязань проспектида ўлдирилганди.
19 декабрь куни Москва шаҳар суди бу терактни уюштиришда айбланган ўзбекистонлик Қурбонов Аҳмаджон Алижон ўғли 2 ойга ҳибсга олинганини маълум қилди.
Москвада рус генерали ўлдирилиши муносабати билан Ўзбекистон фуқаросининг қўлга олиниши Россиядаги Марказий осиёлик мигрантлар орасида яна тазйиқлар ва депортациялар бошланади, деган қўрқувни кучайтирмоқда.

🔴 Ozodlik kanaliga obuna bo'ling! 👉 https://t.me/ozodlikkanali
🔴 Bizga xabar yo'llash uchun 👉 https://t.me/ozodnews

Moskvada rus generali o‘limiga sabab bo‘lgan teraktni uyushtirishda ayblanayotgan toshkentlik 29 yashar Ahmadjon Qurbonovning oilasi O‘zbekiston huquq-tartibot idoralari nazorati ostida qolmoqda.
Ahmadjon Qurbonov, yaqinlarining so‘zlariga ko‘ra, 2021-yilda Turkiyaga pul topish uchun ketgan. So‘nggi bor onasiga Rossiyadagi portlashdan 2 kun avval qo‘ng‘iroq qilib, o‘zining sog‘-salomatligi, Rossiyada oshpazlik qilayotganini aytgan.
Radiatsiya, kimyoviy va biologik qurollardan mudofaa qo‘shinlari boshlig‘i Igor Kirillov va uning yordamchisi Ilya Polikarpov 17-dekabr kuni ertalab Moskvaning Ryazan prospektida o‘ldirilgandi.
19-dekabr kuni Moskva shahar sudi bu teraktni uyushtirishda ayblangan o‘zbekistonlik Qurbonov Ahmadjon Alijon o‘g‘li 2 oyga hibsga olinganini ma’lum qildi.
Moskvada rus generali o‘ldirilishi munosabati bilan O‘zbekiston fuqarosining qo‘lga olinishi Rossiyadagi Markaziy osiyolik migrantlar orasida yana tazyiqlar va deportatsiyalar boshlanadi, degan qo‘rquvni kuchaytirmoqda.

#ozodlik #uzbekistan #tashkent #yangiliklar #rossiya #urush #bosqin #uzbek
Rus generalining o‘limi. Hibsdagi o‘zbek haqida nima ma’lum? - смотреть видео онлайн " />